Alisher Navoiy korpusi

610

CHehra o'ti birla ko'nglum xonumonin o'rtadi,

Otashin gul ishqi bulbul oshyonin o'rtadi.

Ishq ko'nglum bog'in asrab toza, oxir soldi o't,

Bog'boni mastdekkim, bo'stonin o'rtadi.

Otashin la'lingda xol ermaski, qo'ymish toza dog',

Har bahona aylabon ushshoq jonin o'rtadi.

Ishq o'tidin zor ko'nglum ichra solding so'zi hajr

Kim bu yanglig' birla kuygan notavonin o'rtadi.

So'zi ishqim daftarig'a har kishikim soldi ko'z,

O'rtanib Farhodu Majnun dostonin o'rtadi.

Ishq zuhdum xaylig'a o't solsa, tong yo'qkim, bu barq

Dahr aro ko'p buyla taqvo korvonin o'rtadi.

Xonaqahg'a soldi o't, kirgach Navoiy dayr aro,

Hirfavardek ganjkim topti, do'konin o'rtadi.

  • Semantik izoh: