Alisher Navoiy korpusi

611

Ohkim, nomehribonim azmi bedod ayladi,

Bir yo'li mehru vafo rasmini barbod ayladi.

Qo'rqaram, ahli vafo ohi anga qilg'ay jafo,

Bu jafolarkim vafo ahlig'a bunyod ayladi.

Bo'lmadi noshod oxir dam gunah bo'lg'ay debon,

Begunah ahbobni mundoqki noshod ayladi.

Bir dam ichra tund sayle qahr ila qildi xarob,

Har vafo qasriki, yillar ani obod ayladi.

Dam urarg'a topmadi had kimsa to ushshoq uchun,

Shahna aylab g'amzasin, kirpikni jallod ayladi.

Tindi abnoyi zamonning ixtilofi tab'idin,

Kimki o'z tab'ini bekaslikka mu'tod ayladi.

Ko'ngli mulkin istar obod, vah, buzar xayli firoq,

To Navoiy azmi mulki Astarobod ayladi.

  • Semantik izoh: