Alisher Navoiy korpusi

612

Gar yana bir qatla o'z vaslingg'a yetkursang meni,

Istasam hajring, bihildurmen gar o'ltursang meni.

Ul eshikdin kirgum uy toshini itdek aylanib,

Bu eshikdin tosh ila yuz qatla gar sursang meni.

Qolg'usi bir tog' ko'yungda kulumdin yodgor,

Yozg'urub hijron gunohi birla kuydursang meni.

Orzudur ostoning tufrog'ida o'lmakim,

Toza jon topqum, gar ul tufroqqa topshursang meni.

Garchi jurmum ko'p, xusho ul jurmkim, tahqiq uchun

So'rg'ali gah-gohi o'z qoshingg'a keltursang meni.

Tarki jon ettim, boshim bo'lg'usiyu ul oston,

Sen bilursen, lutf qilsang, xoh yozg'ursang meni.

Ka'bai ko'yiga yuz qo'ydum, bu yo'ldin yonmag'um,

Ey Navoiy, har nechakim yo'ldin ozg'ursang meni.

  • Semantik izoh: