
Alisher Navoiy korpusi

613
Chu ul huri parivash jilva aylar vaqt, noz etkay,
Malak xayli ko'rub andoq baloni ihtiroz etkay.
Taolalloh, ne istig'nodur ul husn ichrakim, nozin
Yuz oncha aylagay, oshiq necha arzi niyoz etkay.
Yorutqay el ko'zin barqi jamoling lam'asi har dam,
Vale men xasta ko'nglining ishin so'zu gudoz etkay.
Ko'pu ozim fidosidur aning, ya'niki shavqu sabr,
Agarchi ul sanam ko'p javr qilg'ay, rahm oz etkay.
O'zin pok aylamay oshiqki, yor ollinda qo'yg'aybosh,
Erur ul nav' zohidkim, tahoratsiz namoz etkay.
Ko'p o'lmish bul-ajabliq ishq aro ul jumladin bir bu
Ki shohi G'aznaviy mahkum bo'lg'ay, hukm Ayoz etkay.
Chu haq nuri yuzungda zohir o'ldi, bebasar ulkim,
Haqiqat rasmi bor erkanda ishqingni majoz etkay.
Toriqtim xonaqahdin, xushturur mayxonakim, anda
Ayoqchi jomi may tutg'ay, mug'anniy nag'ma soz etkay.
Chu solsam eski xirqamni, xarobot ahli, tong ermas
Ki, har bir-bir yurunni andin egniga tiroz etkay.
Erur hisni hasin matlubu zikri bo'lg'ali emin,
Xavotir xayli solik ko'ngliga chun turktoz etkay.
Navoiy yor ila bo'lsa, haramdur anga dayr ichra,
Agar mayli Ajam qilg'ay, gar ohangi Hijoz etkay.