Alisher Navoiy korpusi

615

Bir kun meni ul qotili majnunshior o'lturgusi,

Usruk chiqib, javlon qilib, devonavor o'lturgusi.

Gar za'f ila ojizlig'im ko'ngliga rahme solsa ham,

Boshimg'a yetkach, sekretib beixtiyor o'lturgusi.

Vasli aro gar o'lturur, jonimg'a yuz ming shukr erur,

Chun qolsam andin bir zamon, hijroni zor o'lturgusi.

Oshiq bo'lurda bilmadim, men notavoni xastakim,

Hajr o'lsa, g'am kuydurgusi, vasl o'lsa yor ulturgusi.

Maydon aro, ey ahli din, kirmang tamoshosig'akim,

Yuz ko'rmayin ul kofiri chobuksuvor o'lturgusi.

Layling zakoti may tutub tirguzmasang, ey mug'bacha,

Dayr ichra men dilxastani ranji xumor o'lturgusi.

Derlar Navoiy qatlig'a gul-gul ochibtur orazin,

Ko'rguncha ani, voykim, bu xor-xor o'lturgusi.

  • Semantik izoh: