Alisher Navoiy korpusi

616

Gar alamimg'a chora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay,

Var g'amima shumora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Ranjima yo'q esa adadi xost bu ersa naylayin,

Dardima gar kanora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Jam' emas ersa xotirim, jam' o'lurig'a, zohido,

Hojati istixora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Yordin elga komlar, buki mening sari gahi

Ko'z uchidin nazora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Mash'ali vasl ila ulus shomi munavvaru mening,

Baxtima bir sharora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Qismi azalg'a shodmen, buki falak rioyati,

Holima oshkora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

Dedim, erur Navoiy o'z dardig'a chorasiz, dedi,

Gar alamimg'a chora yo'q, bo'lmasa bo'lmasun, netay.

  • Semantik izoh: