
Alisher Navoiy korpusi

617
Vahsh xaylin dasht aro men telbai mahzun sari,
Om g'avg'osi xayol et shahr aro Majnun sari.
Ham borurda, ham yonarda o'tkudekdur charxdin,
Chiqsa ul oy hajrida ohim o'ti gardun sari.
Sham'ig'a parvona maylidekdurur ko'nglum qushi,
Borsa nogah ul qadu ruxsori otashgun sari.
Turfa ko'rkim, nosihim Farhod ila Majnun erur,
Bul-ajab holimg'a boqib tog' ila homun sari.
Har tun afzun bo'lg'an ohim o'tig'a jonim sipand
Kim gazande yetmagay ul husni ro'zafzun sari.
Soqiyo, kup kunjidin tut bizga la'li nobkim,
Bu borinda mayl bo'lmas ganji Afridun sari.
Ey Navoiy, majma'ul bahrayn bo'lg'an oshkor,
Mayl qilsa sayli ashkim nogahon Jayxun sari.