
Alisher Navoiy korpusi

618
Ashk xunobidin o'lmish ko'zlarim ummon kibi,
Qon yosh aritmog'din ilgim panjai marjon kibi.
Ko'nglum o'tidin qizorg'an har taraf paykonlaring,
Su bo'lub emdi tomarlar zaxmlardin qon kibi.
Tanni gar do'zax o'ti kuydursa, jonni o'rtamas,
Qilmag'il hech o'tni, yo rab, shu'lai hijron kibi.
Ishq dashtida quyun chekmas fig'on, vah, bo'lmasun,
Xoksori bodpaymoye bu sargardon kibi.
Sabzai xat yopqan og'zing o'psam, ey gul, ne ajab,
Tufrog'imdin g'uncha butsa zaxmliq paykon kibi.
Dahr bog'inda necha kunkim tiriksen, aysh qil
Kim, yana topmoq emas ma'lum bu bo'ston kibi.
Ey Navoiy, ishqimu husni erurlar onchakim,
Men anga hayronmenu ul dog'i men hayron kibi.