Alisher Navoiy korpusi

619

Bir pariypaykar g'ami oshuftahol etmish meni,

Elga ahvolim demaktin gungu lol etmish meni.

Men havoyini, ne tong, ko'rguzsalar bir-birgakim

Egma qoshing fikri andoqkim hilol etmish meni.

Oshkor etmas edim ishqin, vale o'tkan kecha

Boda zo'r aylab, yig'i bee'tidol etmish meni.

Yor ko'yi ichrakim tufrog' ila teng bo'lmisham,

Ishq g'avg'osi bu yanglig' poymol etmish meni.

To tanimg'a o't tutashmish, barqdekdur hay'atim,

Furqating to za'fdin andoqki nol etmish meni.

O't solurmen oh ila olamg'a men kim, zuhd kim,

Zohidi afsurda oyo ne xayol etmish meni.

Dashti vahshig'a anis o'lsam Navoiydek, ne tong,

Ul pariy savdosi chun Majnunmisol etmish meni.

  • Semantik izoh: