Alisher Navoiy korpusi

62

Ul pariy ishqida yo'qkim meni devona kuyub,

Yasag'anlar ham o'zin, oqil-u farzona kuyub.

Ishq o'tidin kishi bir qatla kuyub bo'lsa xalos,

Chun yana qaytibon ul shu'la sari, yana kuyub.

Ishq ko'ksumga chu o't soldi, ko'ngul ham kuydi,

Chug'z ham o'rtanib, ul o'tqaki vayrona kuyub.

Yuzidin o'rtanibon talpinur ollida ko'ngul,

Sham' ayog'ida urung'an kibi, parvona kuyub.

Eyki so'rdungki, qachon kuydi buzug' ko'nglung uyi

Orazing barqi chaqilg'onda, bu koshona kuyub.

O'rtanib aql-u ko'ngul, ishq chu aylab tug'yon,

Andakim barq tushub, oqil-u farzona kuyub.

Chun Navoiy chekib ul oy g'amidin shu'lai oh,

Oshno kul bo'lub ul o'tdin-u begona kuyub.

  • Semantik izoh: