
Alisher Navoiy korpusi

620
Hijron kuni har xastaki jonong'a yo'luqti,
Qil uyla tasavvurki, o'luk jong'a yo'luqti.
Zulfung qora qayg'usida jonong'a yo'luqqan,
Zulmat ichida chashmai hayvong'a yo'luqti.
Qochti ko'ngul ashkimdinu ohim aro tushti,
Yomg'ur suyidin qochtiyu to'fong'a yo'luqti.
Majnung'a yo'luqti, manga g'am dashtida itkan
Majnun demakim, g'uli biyobong'a yo'luqti.
Hayronlig'ima hayrati mendin dog'i oshti,
Ishq ahlidin ulkim meni hayrong'a yo'luqti.
Davronda kamol ichra quyoshtin biyik o'ldi,
Har zarraki bir komili davrong'a yo'luqti.
Ishq ahli ishi topti bori vasl ila chora,
Bechora Navoiy g'ami hijrong'a yo'luqti.