Alisher Navoiy korpusi

623

Chun ilik bermaski o'psam, ul sitamkor ilgini,

Bir kishi ilgin o'paykim, o'pkay ul yor ilgini.

Chun ayog'i tufrog'in o'pkuncha topmon e'tibor,

So'nsa ham nogah, o'parga ne haddim bor ilgini.

Jon sotarmen xoki poyingg'a, nedinkim, ahli bay'

Tuttururlar sotquchi birla xaridor ilgini.

Zulfidin, tong yo'q, Kalimullohdek etsa ajdaho

Kim yadi bayzodin aylabtur namudor ilgini.

So'rg'ali kelsa Masihim boshima domankashon,

Ul etakdin kim olaolg'ay bu bemor ilgini?

Dog'u qondin bordurur ulkim ochilmish lolazor,

Hajring ayyomida cheksang oshiqi zor ilgini.

Ey Navoiy, bilki, hijron dashtidin bo'lmas xalos,

Sayr aro matlub agar tutmas talabgor ilgini.

  • Semantik izoh: