
Alisher Navoiy korpusi

624
Biravki ishq bila qildi muttaham bizni,
Ne nav' yo'q deylikim, etti muhtaram bizni.
G'amingda bir-iki dam qoldi, jonni botroq ol,
Hayot vahmidin o'lturma dam-badam bizni.
Ko'ngul ne mujda berursenki, bazm aro tuno-kun
Hariflar aro yod etmish ul sanam bizni.
Demangki, tig' surub, boshimizni soldi quyi
Ki qildi hajrda sharmanda ul karam bizni.
Firoq muhliku vasl ichra shodlig' muhlik,
Firoqi o'lturur ermish, visoli ham bizni.
Icharda durdi may aylab sinuq safolni jom,
Bo'lur bu joh ila davr ahli desa Jam bizni.
Navoiy ayladi hijronda nolayu faryod,
Xarob qildi ul ohangi zeru bam bizni.