Alisher Navoiy korpusi

625

Vahki, savdodur dimog'imda, parishonlig' dog'i,

Telba ko`nglum ichra o`z holimg`a hayronlig` dog`i.

Gar meni olam eli bedodi buzdi, bok yo'q,

Olamedur bu buzug' olamda vayronlig' dog'i.

Xonumonim gah balo tog'i, gahe g'am dashtidur,

Buyla kim ko'rdi aloxonlig', alomonlig' dog'i.

Qatlim aylab qonimakim kirdilar ko'zu ko'ngul,

Ikkisi dushmandururlar jonima, qonlig' dog'i.

Yor kelgumdur debon bordiyu kelmas, vah, yana

Bevafolig' zohir etti, ahdi yolg'onlig' dog'i.

Hajrida o'lturmadim o'zni agar ko'rsam yuzin,

Infiolim dog'i sud etmas, pushaymonlig' dog'i.

Furqati dashtida ham sargashta, ham ovoramen

Kim, quyunlug'dur ishim, g'uli biyobonlig' dog'i.

Dahr elining zulmi gar budurki yetti jonima,

Qilmayin anda vatan billahki, mehmonlig' dog'i.

Ey Navoiy, sen xud itting, kimsa sendek itmasun,

Shohidin hirmonlig'u mohidin armonlig' dog'i.

  • Semantik izoh: