
Alisher Navoiy korpusi

626
Komi la'lingning xayolidin ko'ngul qozg'onmadi,
Tushta su ichkan bila labtashna hargiz qonmadi.
Oh sargardon ko'nguldinkim, ul oy ko'yi sari
Borg'ali bir ham bizing sari yana aylonmadi.
Ko'r, ne o't bo'lg'aykn o'rtandim, qayonkim solding o't,
Yolg'iz ul o'tdinki men kuydum, ko'ngul o'rtonmadi.
Hajr aro o'lmakni xo'y ettimki, chun toptim visol,
O'lmak etkach orzu ollinda jon emgonmadi.
Hajr o'lturgon qiyomat dog'i qo'pmas, ko'rmadik
Uyqukim, g'avg'oye rustohez ila uyg'onmadi.
O'lmak osondur, ko'ngul uzmak biravdin sa'b erur,
Ey xush ulkim, ko'ngli bir badmehr ila o'rgonmadi.
Gar Navoiy za'fi tebranguncha bor erdi, valek
Hajr o'qi ko'ksigakim tegdi, yana tebronmadi.