Alisher Navoiy korpusi

627

Ne chog'lig' toshkim Farhod ushotti,

Falak borin yig'ib boshimg'a otti.

Mening afsonam erdi bul-ajabroq,

Necha Majnun so'zin roviy uzotti.

Taharruk qilmadi hajr aqshomi charx,

Sirishkimdin magar bolchiqqa botti.

O'lum sardobasi erdiki, gardun

Manga orom uchun maskan yasotti.

Firoq ollinda erdi shahd yanglig',

Mazoqimkim o'lum zahrini totti.

Ko'p erdi ishq bozorida savdo,

Meni gardun vale olamg'a sotti.

Navoiy la'li serobing g'amidin

Yurak qonini ko'z yoshig'a qotti.

  • Semantik izoh: