
Alisher Navoiy korpusi

628
Barcha bazm ahlig'a lu'batboz ishining hayrati,
Kelturub hayrat manga har lahza ul Chin lu'bati.
Chun qarig'on chog'da men lu'batqa bo'ldum shefta,
Vah, ne tong, atfol la'bining boshimg'a mehnati.
SHayx pandidin ne asig'kim qilur lu'batni man',
Menki, jonimni olur bir sho'x lu'bat hasrati.
Garchi lu'bat birla but bir-birdin emaslar yiroq,
Vahki, lu'batlar aro ul but erur jon ofati.
Ham ani lu'bat deyin, ham but deyin, nevchunki bor,
Zotida but husniyu husnida lu'bat ziynati.
Charx zolikim o'zin lu'batdek oroyish berur,
Qochqil andinkim, emas lu'bat, erur Haq la'nati.
To Navoiy bo'ldi lu'bat sari vola, vahki bor
Barcha lu'batbozlar hangomasig'a ulfati.