Alisher Navoiy korpusi

629

Ey xush ulkim, bag'rima bir lolaruxdin dog' edi

Kim havosinda sabodek jilvagohim bog' edi.

O'tqa yog'in gar berur taskin va lekin shavqida

Ko'z yoshimning yog'ini o'tlug' ko'ngulga yog' edi.

Maydek ikki la'lu ul mus`haf kibi yuzdin ko'ngul

Usruk erdi ikki soat, gar zamone sog' edi.

To'tiyolardin ko'zum aylab edi qat'i nazar,

Surmasi chun chobukum maydonidin tufrog' edi.

Rindlar, tavbam ne tongkim, umr o'tub isyon bila,

Do'sti oliy dargahig'a azm aylar chog' edi.

Barqi rahmat choqilurda tog' emas xoshokcha,

Tavba vaqti g'am yo'q, ar jurmum nechukkim tog' edi.

Vaqt chun yetti, Navoiy Haqqa qildi bozgasht,

Garchi zoli charx ishi yuz lobayu ming log' edi.

  • Semantik izoh: