
Alisher Navoiy korpusi

630
Dasht aro dermenki Majnunni o'zumga uchratay,
Hush andin o'rganib, devonalig'ni o'rgatay.
Zuhdu taqvo ahli pandimg'a agar jam o'lsalar,
G'am emas, bir oh barqidin borisin butratay.
Bog' gulgashtida beinsoflig'dur, gar desam
Sarvni qaddingg'a, gulni orazingg'a o'xshatay.
Ul gul uyg'onmas quyosh chiqquncha, har tun necha men
Nolai shabgir ila tong qushlarini uyg'otay.
Ul pariyvash tifl maktabdin toriqmish, piri dayr
Qo'yki, bir dam ani majnunlug'lar aylab o'ynatay.
Bo'lsalar Farhodu Majnun bul-ajab holimni deb,
Goh ani kulduray, gohi bu birni yig'latay.
Deb emishsen bir xadang otqum Navoiy ko'ngliga,
To'qta onchakim, qarori yo'q ko'ngulni to'qtatay.