
Alisher Navoiy korpusi

632
Havo xushdurur, tut qadah, yor, axi,
Qadahni o'zung burna sipqor, axi.
Chu sipqarding, ani yona qil to'la,
Ulug'roq topib jom zinhor, axi.
O'zung birla teng tutma sog'ar manga,
Sen ozodasen, men giriftor, axi.
Hiloliy qadah birla sen boda ich,
Manga jom tut charxikirdor, axi.
G'amimdin bo'lur charx javfi to'la,
Muni ham qil andin namudor, axi.
Mayi sof ham tutmasang, yaxshidur,
G'amim daf'ig'a durdi xammor, axi.
Zamon javri birla zamon ahlidin
Zamone bu bedilni qutqar, axi.
Manga gar bu nav' aylasang yorliq,
Sanga doim o'lsun xudo yor, axi.
Navoiy, jahondin kechib ista yor,
Sanga buyla g'urbatda ne bor, axi.