Alisher Navoiy korpusi

634

So'ra kelmadi yor bemorini,

Bu ish qildi bemorroq yorini.

Ko'ngulsizlik anduhidin, vah, ne g'am,

Kishi ko'rsa yonida dildorini.

Aningkim qadin tubiy etti Xudoy,

Bihisht etti gulzori ruxsorini.

Ne had ko'nglaking istamaklik, valek

Yaram tikkali bir aning torini.

Musavvirg'a jonim fido aylasa,

Ezib la'l ul lab namudorini.

Yuzung davrida go'yo naqqoshi sun'

Quyosh birla teng tutti pargorini.

Ko'ngulni nifoq uyla zor ettikim,

Magar vasl daf' etkay ozorini.

Xumor oldi jon, ey ko'ngul, ishq de,

Chu ko'rsang fano dayri xammorini.

Navoiyg'a javr etma, ko'r lutf ila

Tani zorini, joni afgorini.

  • Semantik izoh: