
Alisher Navoiy korpusi

635
Poklar ko'nglidur ul orazi mahvash sori,
Rostlar mayli ham ul qomati dilkash sori.
Ko'nglum ul yon chekadur, negaki Majnun ko'ngil
Yo pariy sori chekar, yo'qsa pariyvash sori.
Zulf ochib, bizni mushavvash qilib o'tti, lekin
Iltifot etmadi bir dam bu mushavvash sori.
Xalq maydon aro har sori boqib, vahki ko'zum
Rokibi mahvash ila markabi abrash sori.
Oncha naqsh o'ynadi aflok mening birlankim,
Boqa olmon yana bu saqfi munaqqash sori.
Axtari nahsdurur muhtasib, ar boda to'kar,
Zuzanab der, kishi solsa nazar ul fash sori.
Jonni bir dov ila gar xasta Navoiy o'ynar,
Ul muqammir sifat, albatta, erur g'ash sori.