Alisher Navoiy korpusi

636

Bizga yetmas erdi bir nomehribon dardu g'ami

Kim fuzun ham bo'ldi yori mehribonning motami

Ikki yor erdi manga — nomehribonu mehribon,

Mehribon bordi, qolib nomehribon dardu g'ami.

Bordi ulkim bor edi ham mahramu ham mehribon,

Jon berib bo'lmon bu bir nomehribonning mahrami.

Har jarohatkim urar nomehribonim bag'rima,

Mehribonim bu jarohatlarning erdi marhami.

Vahki, ming zaxm ursa jong'a emdi bu nomehribon,

Yo'q ilojig'a ko'ngulning mehribonu hamdami.

Mug'tanamdur, ul pariy bor ersa ham nomehribon,

Dahr aro chunkim topilmas mehribonvash odami.

Mehribonim chiqsa olamdin, Navoiy, chora yo'q,

Yordin ham xushturur nomehribonlig' olami.

  • Semantik izoh: