Alisher Navoiy korpusi

637

Yor borg'an chog'da bormish bedilin o'lturgali

Keldiyu kelgan emish o'lturganin kuydurgali.

Olloh-Olloh, ey hayotim, ul borishqa bu kelish

Kim biri kuydurgali bo'lg'ay, biri o'lturgali.

Xoh o'ltur, xoh kuydurkim sanga berdim rizo,

Rozi ermasmen vale, jono, eshikdin surgali.

Itlarin oning ayab boshimni qilmon tu'ma ham,

Ishq yuz turluk baliyat boshima kelturgali.

Xoni vaslingdin ulusqa bahra yetkurgilki, men

Yaxshimen soyil kibi hasrat yebon termurgali.

Dahr elidin ihtiroz et, ey ko'ngulkim, men dog'i

Muhtarizdurmen vafosizlig'lari bilturgali.

Ey Navoiy, ishq bizni garchi rasvo ayladi,

Ul ne qilsa, pardai kitmong'a ani churkali.

  • Semantik izoh: