
Alisher Navoiy korpusi

638
Ulus qo'zg'alur, go'yi yorim yetishti,
Ulus ofati, guluzorim yetishti.
Yana gard ko'zga erur to'tiyo rang,
Hamonoki chobuksuvorim yetishti.
Tomar qatra-qatra ko'zum yoshi gul-gul,
Magar boisi xor-xorim yetishti.
Jahonga agar o'zga zeb o'lsa, tong yo'q,
Jahon zebi birla nigorim yetishti.
Ne tong, nolada qolmasa ixtiyorim
Ki zulm ichra beixtiyorim yetishti.
Ochilsa nishotim guli, yo'q ajabkim,
Buzug' bog'ima navbahorim yetishti.
Xush ulkim, Navoiy yetishkach, dedi yor
Ki ovorai beqarorim yetishti.