Alisher Navoiy korpusi

639

Ohki, ishq ayladi shaydo meni,

Soldi junun ko'yiga savdo meni.

Ishq ila savdo bo'lubon muttafiq,

Ayladilar dahrda rasvo meni.

Dasht aro Majnun demayinkim, vuhush,

Keldilar aylarga tamosho meni.

Kimniki ishq istadi qatl etkali,

Hajr ravon ayladi paydo meni.

Kimki meni o'lturur, ul tirguzur,

Yo'qsa qochar, ko'rsa Masiho meni.

Dayr emas erdi yerim, ozg'urub,

Soldi buyon bir buti tarso meni.

Voyki o'lturgali qilmas pisand

Ishq yana kimsani illo meni.

Soqiyi gulchehradin oshuftamen,

Demaki mast ayladi sahbo meni.

Yor Navoiyni tilab, ey ko'ngul,

Yo seni o'lturgusidur, yo meni.

  • Semantik izoh: