
Alisher Navoiy korpusi

64
Kuysalar Farhod-u Majnun ishqdin afsona deb,
Zohir etmaslar manga ul nuktani, devona deb.
Ishq ichinda munglarim deb, eyki, yig'latting meni,
Jon fidong aylay, yana bir lahza yig'lat, yona deb.
Bir yo'li ishq ahli orimenki, qo'ymaslar meni
Jam aro bir yo'li, aql-u hushdin begona deb.
So'ngg'i uyqum shiddatin naql etma, rovi, zinhor,
Kelturur bo'lsang anga uyqu kecha afsona deb.
Men hamulmenkim, qovar majnun deb emdi tifllar
Kim, tilar erdi ulug'lar oqil-u farzona deb.
Tushti zulfi domig'a ko'nglum qushi mayl aylagach,
Ul taraf ruxsori ko'zgusin su, xolin dona deb.
Tongla barcha yaxshilar bo'lg'usi kavsar davrida,
Men yomonni mahram etmang sokini mayxona deb.
Naylab ul tovus paykarni tilay kulbamg'akim,
Chug'z qo'nmas, dam-badam yemrulgudek vayrona deb.
Shohlig'din or etar, chunkim Navoiy kirsa mast
Dayr ko'yiga, surud-u nag'mai mastona deb