
Alisher Navoiy korpusi

640
Gulshan ichra jilvai noz etsa jonon qomati,
Tufrog' o'lg'ay soyadek sarvi xiromon qomati.
Nozanin qadding tiriklik gulshanining naxlidur,
Sarvu tubi sendek o'lmoqning ne imkon qomati.
Sarvdek uksuni axzar birla Layli qaddidur,
Tokdek yuz xam bila Majnuni uryon qomati.
Garchi qomat cheksalar, elga bo'lur mayli namoz,
Vahki, din qasdi qilur ul nomusulmon qomati.
Vasl shomi ravshan o'ldi partavi ruxsoridin,
Yo'q ajab, desam erur sham'i shabiston qomati.
Dahr elidek egridurlar sho'xlar boshtin ayoq,
Tik nazarda tuz ekin ul ahdi yolg'on qomati.
Ey Navoiy, xo'blar qaddida yo'qtur e'tidol,
Nega o`xshar sarvdin undurrak inson qomati.