Alisher Navoiy korpusi

641

Vahki bir g'oyib xayolidin parishonmen, base,

Hush mendin g'oyib, o'z holimg'a hayronmen, base.

Ul quyosh bordi buzub ko'nglumni, sen ham, ey sipehr

Bir yo'li buzma meni, nevchunki vayronmen, base.

Ollida jon bermadim vasli zamonin qizg'onib,

Furqatida ul tiriklikdin pushaymonmen, base.

Lahza-lahza buki yig'larmen g'amidin talx-talx,

Ayb emaskim, mubtaloi dardi hijronmen, base.

Tog' ila vodiyda, ey Farhodu Majnun, siz toping

Ofiyatkim, men aloxonu alomonmen, base.

Vasli komin sabru somondin toparlar, vahki men

Hajr oshubi aro besabru somonmen, base.

Yordin qosid kelur derlar, firoqu vasldin

Ne xabar kelturmakin bilmay harosonmen, base.

Dinu donish ahlig'a ber tavba, ey nosihki, men

Mast tun-kun dayr aro beboku nodonmen, base.

Ey Navoiy, dashti vahshi ichra bo'lsam, shod bo'l

Kim kirib hush ahlig'a bu vaqt insonmen, base.

  • Semantik izoh: