
Alisher Navoiy korpusi

642
Ne kun o'lg'ayki, nigorim kelgay,
Bog'i umrumda bahorim kelgay.
Umr bog'ida bahor uldurkim,
Sarv qad lolauzorim kelgay.
O'lmagaymen yo'lida, gar boshima
Sekretib shohsuvorim kelgay.
Ul gado jonig'a o't tushkaykim,
Olg'ali sham'i mazorim kelgay.
Ko'yida itti ko'ngul, vah, qachon ul
Masti devonashiorim kelgay.
Qani maykim, chu ichib mast o'lsam,
Ko'kka tuz boqqali orim kelgay.
Ey Navoiy, tilamon huru pariy,
Shoyad ul bazmda yorim kelgay.