Alisher Navoiy korpusi

643

Yuzi xurshididin ko'zlar qamoshti

Va lekin tobidin jonlar tutoshti.

Bu xurshid uzra maydin gullar o'lg'on,

Gul uzra qatralar yanglig' yaroshti.

Sochi savdosida oshufta qissam

Tasalsul birla bir-birga uloshti.

Ajalni jon olurda yengdi hajring,

Nechakim ul muning birla o'choshti.

Qo'lini to'lg'adi ishqing xiradning,

Agarchi ul munung birla taloshti.

Falaktin nolani, tong yo'q, oshurmoq,

Falak zulmi chu bizga haddin oshti.

Shafaqdin ko'k yuzi gulgun emaskim,

Firoqingdin Navoiy qoni toshti.

  • Semantik izoh: