
Alisher Navoiy korpusi

644
Bog' aro go'yo sabo solmish edi jonon isi
Kim yetishkach gul isi, men toptim andin jon isi.
La'li ko'nglum qatlini qilmoqqa bo'ldi nuktasanj,
Ey ko'ngul, dam asrakim, keldi bu so'zdin qon isi.
Yuzu xattining nasimidin chu toptim toza jon,
Vah, ne jonimg'a kerak emdi gul-u rayhon isi.
Bordi ul yon zor ko'nglum, bermagay tashvish anga,
Zaxmi islangan ko'ngulning yetsa nogohon isi.
Og'zi-yu dur tishlaridin ruhuma aytur xabar,
Kelsa nogah jola to'lg'an g'unchai xandon isi.
G'uncha atrin xushlamasmen menki, ko'nglum bog'ida
Dark etarga o'rganibmen zanglig' paykon isi.
Xoli savdosin dema ko'nglung nega fosh ayladi
Kim yoshurg'on birla bo'lmas mushkning pinhon isi.
Muhtasib gar ahli fahm o'lsa, yiqilg'ay mast o'lub,
Ko'p ushutqondaki aylar bodaning tug'yon isi.
Guldin ul gulrux isin topqach Navoiy ochti ko'z,
Uylakim, Ya'qub ko'nglakdin mahi Kan'on isi.