Alisher Navoiy korpusi

645

Boshni gar yerga qo'ya olmon, boqib mohim sari,

Boshima tufrog' sovurmoqqa boray shohim sari.

Tun aro anjum tutunda uchqun anglar, solsa ko'z

Kimsa, ko'nglum o'tidin bo'lsa ayon, ohim sari.

Men ko'nguldin rashk eturmen, ko'ngul mendin hasad,

Istasa ko'nglumki, qilsam azm dilxohim sari.

Ul quyosh sari borurda soya hamrohimdurur,

Rashkdin bormon keyin bir qatla hamrohim sari.

Jon labing shavqidin ogah bo'lg'ali aylar Masih,

Jon berur chog'da tavajjuh joni ogohim sari.

Ey ko'ngul, ul husn ganjidin gadolig'dur ishim,

Garchi yo'q parvoyi oning shayalillohim sari.

Husni bog'idur nazargohim, Navoiy, zinhor

Solmag'il gohi nazar bog'i nazargohim sari.

  • Semantik izoh: