Alisher Navoiy korpusi

646

Bu sababdin yorumish go'yo Xuroson kishvari

Kim chiqibdur boxtardin oftobi xovari.

Boxtarg'a tegru xovardin yoritmoq juz quyosh,

Ravshan ermas barcha gar xud bo'lsa mohu Mushtariy.

Qaysi mohu Mushtariy ulkim quyosh bir lam'adur,

Nuridin, vah, buyla kim ko'rmish saodat axtari.

Ul ne yuzdurkim, yozarda vasfin yuz ming quyosh

Safha gar yetkursa yuz yilda tuganmas daftari.

Husnini oning quyosh tashbihi qilmoq uyladur

Kim degaylar xo'bliqda devga o'xshar pariy.

Bo'lsa husni yuz quyoshcha, ishqim o'tidin erur,

Bir sharar yuz ming tamug'ning shu'la birla axgari.

Ey Navoiy, sen kibi oshiq magar loyiq ekin,

Har kishikim, dilbaringdek bo'lsa oning dilbari.

  • Semantik izoh: