Alisher Navoiy korpusi

647

Istamon ko'nglumni aylarda xayol ul mohni,

Kim taxayyul birla sayr aylar, netar hamrohni.

Ko'nglum istarni tilarmen boring, ey oy-u quyosh,

Sizni ko'ngli istamas, ulkim tilar dilxohni.

O'qi zaxmin tan aro ul yuz xayoli yorutur,

Uylakim, Yusuf jamoli ravshan etkay chohni.

Jon-u aql-u hushtin kechkil deding, qildim qabul,

Tark eta olmon, netay nazzorai gah-gohni.

G'arqa bo'ldi notavon jismim sirishkim bahrida,

Garchi su necha terang bo'lsa, cho'murmas kohni.

Oshiq ersang ko'rmagil, ey shah, gadolarni haqir,

Kim balolig' ishq farq etmas gado-yu shohni.

Ey Navoiy, yor eshigi poklarga qibladur,

Qilmag'il ko'z qonidin og'ishta ul dargohni.

  • Semantik izoh: