Alisher Navoiy korpusi

649

Ne diloromeki, so'rg'ay dardi holimdin gahe,

Ne dilafgoreki, qayg'urg'ay malolimdin gahe.

Sarsari ohimg'a o't tushsin, xusho, mushkin nasim

Kim berur erdi xabar navras niholimdin gahe.

Ey Xo'tan jayronlari, netkay bu majnun ko'ngluma

Nafxaye yetkursangiz mushkin g'azolimdin gahe.

Tiyra nahsiyat durur kulbamda, oni, ey sipehr,

Ravshan etkil axtari farxunda folimdin gahe.

Turfa ko'rgilkim, labi zikrin toparmen jon aro,

Aylasam g'oyib maozalloh xayolimdin gahe.

Telba ko'nglum itti, lekin ul pariyga yod ber,

Ey sabo, devonai bee'tidolimdin gahe.

Fikr etarmen vaslini gohi, vale kirganda hush,

Asru ko'p sharmandamen fikri maholimdin gahe.

Ul quyoshtin mehr-u, mendin tiyralik, vah, istaram

Yer yorilsa, yerga kirsam imfiolimdin gahe.

Ey Navoiy, zulmi ko'p ersa, pushaymonmen yana,

O'zni ozod istasam ul sho'xi zolimdin gahe.

  • Semantik izoh: