Alisher Navoiy korpusi

65

May quyoshimu ichimda uyoqib,

Yo falak mehr o'ti ko'nglumda yoqib.

Hajr aro vasli dog'i har ishin

Aytib ahbob-u mening ashkim oqib.

Telbalik xushtur, agar sudrasalar

Zulfi zanjirini bo'ynumg'a toqib.

Tushubon yuz tuban el ko'z yoshidek

Ko'z uchi birla chu har sori boqib.

Hajr toshi-yu salosil temuri

Telbalik o'tini ko'nglumga choqib.

May bati dayrda uchmoq tilabon,

Mastlar anda ovuch, baski, qoqib.

Debki, marham yoqayin zaxmingg'a,

Ul nekim desa, Navoiyg'a yoqib.

  • Semantik izoh: