Alisher Navoiy korpusi

650

Yoyib orazda mushkin xollarni sunbulung domi,

Ko'ngulning qushlari ul domu su-yu donaning romi.

Chamanda sarv-u gul bo'lg'ay, ne sarv-u qaysi gul vah-vah,

Qachon bo'lg'ay chamanning sen kibi sarvi gulandomi.

Ne yanglig' subhi vaslidin tutay ummidi ravshanlig',

Sahardin chun erur navmid hajrimning qaro shomi.

Dema parvona, de Jibril, agar bir g'am tuni nogah

Kishiga bersa bir sham'i shabiston vasli payg'omi.

Ko'ngul za'fi kam o'lmas furqatingda, vah, o'ngalg'aymu

Marizekim, qilur har dam baliyat zahri oshomi.

Ayog'img'a tikan-sinjob-u xoro-hulla, tong ermas

Bu damkim bog'lamishmen Ka'bai ko'yining ehromi.

Bu yo'lda garmravlarning tong ermas gar choqin yanglig',

Jahonpaymolig' etsa, yorutub olamni har gomi.

Fano dayri dog'i zunnor ila buttin uyatlig'dur,

Riyoyi shayxning afsurda dini botil islomi.

Navoiy fardu behush o'lg'anin demang qachondindur,

Hamondinkim, ani mast etti vahdat jomidin Jomiy.

  • Semantik izoh: