
Alisher Navoiy korpusi

66
Qotil ko'zungki o'lturur elni boqib turub,
Boqmas manga, ko'zum nechakim tursa telmurub.
Har qatla it kibi tusharam o'zga raxnadin,
Har lahza chun meni chiqarur ko'yidin surub.
Sing'on qadah kibiki, oqar har taraf mayi,
Qonlar oqib, chu g'am toshi boshimni sindurub.
Har bir bo'lub bir axtari nahse chu shomi hajr,
Chun dudi ohim uchqunini ko'kka yetkurub.
Ishqing bosh ursa zor tanimdin, emas ajab,
Xoshok ichinda shu'lani bo'lg'aymu yoshurub.
Andoq latifdur tanikim, ichsa jomi may,
Borur tanida qursog'ig'a tegr-u bilgurub.
Bulbul parin ne gulki sovurdi bu bog' aro,
Day sarsari aning dog'i bargini sovurub.
Davron eliga kimki vafo no'shi arz etib,
Ul ham muqobilida jafo nishi yetkurub.
Bukim qovar jafo bila, ey kosh, ko'yida
Itlarga to'ma qilsa, Navoiyni o'lturub.