Alisher Navoiy korpusi

67

Nechakim ko'nglumda bor ul dilraboning yodi ko'p,

Bor aning yod etmaki ozroq, vale bedodi ko'p.

Layli-yu Shirinvashimning ishq dasht-u tog'ida

Mencha bir yo'q, garchi bor Majnun ila Farhodi ko'p.

Xo'blar vodiysida topilmas el ko'ngli qushi,

Ne uchunkim, bordurur bu beshaning sayyodi ko'p.

Topmag'ay naxli qadingdek bir niholi xush xirom,

Garchi bo'lg'ay bog'bonning sarv ila shamshodi ko'p.

Telba ko'nglumdin emon roziki, har tun ko'yida

Itlarining og'ritur boshin aning faryodi ko'p.

Kirpigingga qatl ta'limin ajal bermish, valek

O'zidin ustodroq etmish aning ustodi ko'p.

Shayx ila ahli riyov-u dayr piri birla rind

Kim, fano ichra keraktur pirning irshodi ko'p.

Umr qasrin necha kun tutqil g'animatkim, darig'

Xush binodur — poydor ermas vale bunyodi ko'p.

Davr ayog'idur iloji, kimki davron ahlining

Javridin ozurda bo'lmish xotiri noshodi ko'p.

Tarqang, ey ushshoqkim, sayd etti bizni mug'bacha,

Dayr aro siz ham kezing, kufr ahlining avlodi ko'p.

Tifllar o'ynar Navoiy birla majnun deb, magar

Tifl ekanda ul dog'i bu qavm ila o'ynodi ko'p

  • Semantik izoh: