Alisher Navoiy korpusi

69

Taxt-u johing kishvari mulki Skandar bo'ldi, tut,

Xizr umri ham bu mulk uzra muyassar bo'ldi, tut.

Buyla mulku umrdin so'ng jin-u ins-u vahsh-u tayr

Hukm-u amringg'a Sulaymondek musaxxar bo'ldi, tut.

Muncha hashmat topmog'ingdin so'ngra birovni qulung

Joh ila muknatda Qoruncha tavongar bo'ldi, tut.

Poya yetti zinalig' taxtingg'a, yetti charx o'lub,

Taxtpo'shung zinati tarsi' axtar bo'ldi tut.

Buyla taxt uzra bo'lub boshing uza xurshidi toj,

Mundoq oltun toj uza Birjis gavhar bo'ldi, tut.

Bazmi ishqing bodasin Kavsar deyin yo Salsabil,

Jomi Jam ul jonfizo sahbog'a sog'ar bo'ldi, tut.

Har nekim zikr o'ldi, oxir chun solib ketkungdurur,

Tengdurur, gar bo'lmadi tut, barchani gar bo'ldi tut.

Umrg'a chun yo'q vafo, tengri necha bu dahrcha

Yona xalq aylab, sanga hukme muqarrar bo'ldi, tut.

Chun borursen, avlo ulkim, yo'l yarog'in aylasang,

Qolibon aksar gunohing, dog'i aksar bo'ldi, tut.

Susthimmatlig' bila uchmog' ne mumkin, ey hakim,

Hikmat avroqi iki egning uza par bo'ldi, tut.

Deb eding, soqiyki, vaqt o'lg'och, tutay bir jomi may,

Davrdin mir'oti avqotim mukaddar bo'ldi, tut.

O'lsa deb erding Navoiy, tirguzay vaslim bila

Biltur o'lganlar bila ani barobar bo'ldi, tut.

  • Semantik izoh: