Alisher Navoiy korpusi

7

Ey, sanga muqtadoliq iki kavn aro,

Anta xayrul bashar, anta xayrul baro.

Kimki favqas-Surayyo edi manzili,

Tobi'ing bo'lmag'ach kirdi tahtas-suro.

Zotinga faxr etib yetmish ikki fariq,

Orazing sham'idin yorub ikki saro.

Nafsinga rahmati Haq bila iqtiron,

Mu'jiz otingg'a sihr-u fusun iftiro.

Hashrg'a tegru me'rojing afsonasi,

Xayli xayl maloyik aro mojaro.

Ham raf'atingg'a arshi barinda makon,

Ham Buroqingg'a xuldi barinda charo.

Kim kasofat bila qo'ydi yuz na'tingga,

Gar quyosh erdikim, bo'ldi yuzi qaro.

Yo nabiyalloh, ahvolima qil nazar,

Jurm-u isyon-u ojizlig'im motaro.

To aning birla bo'lg'ay, Navoiy, sening

Na't-u hamding bayonig'a dostonsaro.

  • Semantik izoh: