Alisher Navoiy korpusi

70

Tutti ko'k feruzagun jomini shingarfi bulut,

Soqiyo, nilufari jom ichra gulgun boda tut.

Charx davri chun malolat boisidur, necha kun

Charxdek jomi shafaqgun may bila o'zni ovut.

Topsa kunduz kavn shug'lidin zamiring tiyralik,

Kecha bori may quyoshidin zamiringni yorut.

Chun unutqungdur sen elni, el seni, bori chekib

Aysh jomin, bu unutmog'larni bir soat unut.

Nosiho, chun umr o'tar, qo'ykim, bo'lay ishrat bila,

Aysh tarkin kim buyurdung, o'ktadur bu nav' o'gut.

Gar zuloli vasl, ey solik, qilursen orzu,

Xotiringni orzular o'tidin avval sovut.

Ey Navoiy, chiqti chun rangin bulut, rangin may ich

Kim, sen o'lmay qilg'usi ko'p jilva bu rangin bulut.

  • Semantik izoh: