
Alisher Navoiy korpusi

71
Jon farah topti, labing javhari bo'lg'ach anga qut,
Olloh-Olloh, ne mufarrih bo'lur ermish yoqut.
Nola man'in qilasen, xotami la'l og'zima qo'y,
Bu nigin naqshi bila qo'yg'il anga muhri sukut.
Mayi la'ling ne ajab bodaki, kayfiyatidin
Ruh loya'qil-u andin xirad o'lmish mabhut.
Xanjaring tig'ida yuz ko'rdungu ashkim yog'di,
Yomg'ur ermas ajab, o'lg'onda Quyosh manzili Hut.
Husn mulki uza, oyo, ne pariy erkinsen
Ki, bo'lur sadqa sanga charx uza xayli malakut.
O'zluki boqi-yu zohid uradur lofi vusul,
Foniy o'lmay kishi topqaymu bu da'vog'a subut.
Jon halok o'ldi Navoiyg'a-vu tan zor-u nahif
Ul o'lukka yasamish ushbu so'ngakdin tobut