Alisher Navoiy korpusi

72

Vahki, la'ling qildi bag'rim tah-batah qon oqibat,

Qatra-qatra ko'zdin ul qon bo'ldi g'alton oqibat.

Bording-u og'zimg'a qo'ydung muhr, afg'on chekma deb,

Bu ishingning muhri bo'ldi dog'i hijron oqibat.

Furqating tig'i buzug' ko'nglumni yiqti, ohkim,

Sayli ofat birla yemruldi bu vayron oqibat.

Ko'ngluma qoshing xayoli bo'ldi tanvin nunidek,

Uyla nung'a nukta bo'ldi dog'i pinhon oqibat.

O'lmish erdim g'am tuni, la'ling xayoli berdi jon,

Zulmat ichra bo'ldi paydo obi hayvon oqibat.

Soqiyo, jom ayla doirkim, g'animatdur hayot,

Tutqusidur chun ajal kosini davron oqibat.

Ey Navoiy, yor vasli garchi bas dushvor edi,

  • Semantik izoh: