
Alisher Navoiy korpusi

73
Ko'zdin uchti ul pariy, vahkim, anga yetmakka bot,
Kosh aningdek chiqsa dermen ikki egnimdan qanot.
Novaking ko'nglumda gar itti hamul andoz ila,
Ani topmoq istasang, jono, yana bir novak ot.
Kosh sensiz o'lsam erdi, ey parivash, qilma ta'n
Kim, meni majnung'a ortuqtur o'lumdin bu uyot.
Soqiyo, bexudmen andoqkim, qilurmen kasbi hush,
Imtihong'a doruyi behush agar jomimg'a qot.
Xonaqah shayxi ushatti sog'arin, ey piri dayr,
Sen karomat ko'rguzub, rag'mig'a tavbamni ushot.
Ey tani xoki, ul oy ollida hukmi birdurur,
Garddek chiq ko'kka yo tufrog'dek yo'linda yot.
Bir diramkim qalb bo'lg'ay, arzimassen, ey ko'ngul
Har necha mehr-u vafo bozorida o'zungni sot.
Telbalar yuz pora ko'nglidek yasabsen bol-u par,
Garchi g'ayratda pariyg'a hojat ermastur qanot.
Chun Navoiy jonig'a ofat erur lo'livashe,
Sog'inur g'uli biyobon, ko'rsa qo'ng'rot-u qiyot.