Alisher Navoiy korpusi

74

Boshim chu gard-u ko'zum ko'r sensiz o'lmadi bot,

Qoshingda bosh ko'tarib, ko'z ocharg'a qo'ymas uyot.

Erur maloyikai rahmat o'qlaring jong'a,

Malak tanida, ajab yo'q, agar uch o'lsa qanot.

Xizr suyiki erur zulmat ichra, tengmu bo'lur

Labing bilaki quyoshdin chiqardi obi hayot.

Habib ishqi aro buki o'lmading, ey Xizr,

Ichib hayot suyi, zoye' aylading avqot.

Quyoshqa kimki yuzung borida qilur sajda,

Parastish aylamak anga Iloh ollida Lot.

Kirib quyosh kibi qo'yma vujud g'ayrg'a hech

Ki, ko'nglum ichra xavotirdur uylakim zarrot.

Navoiy o'ldi o'qung hasratidin, ey chobuk,

Inoyat ayla bir o'q, sekretib aning sari ot.

  • Semantik izoh: