
Alisher Navoiy korpusi

75
G'aming qattig'lig'in qilsam hikoyat,
Eshitsa tosh, anga aylar siroyat.
Ko'ngul g'am shomidin chiqmoqqa bo'ldi,
Boshog'lig' novaking sham'i hidoyat.
Ne nav' ollingda shavqumni qilay sharh
Ki, husnungdek anga yo'qtur nihoyat.
Xayoling ko'nglum ichra muztaribdur
Kim, ul vayrona issig'dur bag'oyat.
Ko'zung qonimni ichmakka ne haddim
Erur, oni iting ichsa, kifoyat.
Dema bir yo'ldurur ishq ichra, ey shayx
Ki, munda muxtalif keldi rivoyat.
Navoiy qonin ul ko'z birla to'ktung,
Tirik bo'lkim, budur ayni inoyat.