
Alisher Navoiy korpusi

76
Tanimni qilsa g'amzang yuz jarohat,
Yotar har zaxmdin jonimg'a rohat.
Halovat topmayin jonim labingdin,
Solur zaxmim aro tuz ul malohat.
Jamoling subhi ochib erdi yuz gul,
Quyosh sarg'ardi, ko'rgach ul sabohat.
Supurdum ko'z bila ko'yung fizosin
Ki, jonlar jilvagohidur bu sohat.
Bo'lur zohir labingdin qatl etar chog',
O'lukni tirguzurdek yuz fasohat.
Chu sendin ayr-u ermas yor, nedur
Uyin istab jahon qilmoq masohat.
Qabih etti Navoiy haq jahonni,
Elidin tutmag'il ko'z juz qabohat