Alisher Navoiy korpusi

77

Boshig'a may chiqibon, bo'ldi ul sitamgar mast,

Yo'q ahli husn aro bir uyla qotili sarmast.

Nachukki sarv niholi nasimdin egilur,

Xirom vaqtida ul nahli mohpaykar mast.

Kabutar o'ynamog'idin ko'ngul qushi behud,

Xuruj etar bo'lubon uylakim kabutar mast.

Ne masti arbada gar senki, chiqsa bazmingdin,

Buzar zamonani badmastlig' bila har mast.

Labing haloki agar bodano'sh, agar toib,

Ko'zung xarobi agar hushyor erur, gar mast.

Labing xayolidan ar mastmen, ne tongki, erur

Bu may xayoli bila olam ahli aksar mast.

Navoiy usruk agar qilsa arbada, tong yo'q

Ki, shayn o'lur ishi, majnunni gar qilurlar mast.

  • Semantik izoh: